Qashqadaryo viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi

G'uzor tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi faoliyati to‘g‘risida

G‘uzor tuman BO‘SM xaqida ma'lumot.

Bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi sport inshootlar yopiq maydonlarga o‘tkaziladigan sport turlariga mo‘ljallangan bo‘lib, BO‘SM sport zal maydonining o‘lchami 42×18, ushbu zalda 18×6 o‘lchamda dzyudo va milliy kurashga moslashtirilgan zal tashkil etilgan . Tashqi futbol maydonlar xam mavjud bo‘lib 102×66 o‘lchamli tabiiy futbol maydon va 55×30 o‘lchamli suniy futbol maydon mavjud. Sport maktabning pasporti 2004 yil QSD 140093 restir raqami bilan qayd etilgan.

 

Murabbiylar va sport turlari haqida

BO‘SM da sportning 12 ta turi mavjud ushbu sport turlari Qo‘l to‘pi, Taekvondo, Karate, Dzyudo, Milliy kurash, Futbol, Stol tennis, Voleybol, Boks, Shaxmat, Engil atletika, Og‘ir atletika sport turlari faoliyat olib kelmoqda.
Murabbiylarning soni va vazifasi.
BO‘SM da 29 nafar malakali trenerlik ruxsatnomasiga ega murabbiylar mavjud bo‘lib, ulardan 12 nafari oliy jismoniy tarbiya ma’lumotli, 17 nafari o‘rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega.
Murabbiylarning ma’lumoti xaqida.
BO‘SM da 1 toifali murabbiylar 5 nafarni tashkil etadi.Sport maktabida 4 nafar tibbiy xodimlar faoliyat olib boradi, shulardan 2 nafari oliy toifalidir.
BO‘SM murabbiylaridan 6 nafari QDU sirtqi va maxsus sirtqi fakultetlarida, 2 nafari O‘zDJTI sirtqi fakultetitida ta’lim olmoqda.